Avazali mahallasidagi fuqarolar murojaati va mavjud muammolar joyiga borib o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov 4-sektor rahbari O.Ilyosov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida Avazali mahallasida fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib borib, ijobiy hal etish choralari belgilab olindi. Shuningdek, tuman rahbari 4-sektor shtab a’zolari hamda Avazali mahallasi mas’ullariga mahalla hududida, aholi xonadonlarida obodonlashtirish, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholi tomorqalarida bahorgi ekinlar ekilishi, fermer xo‘jaliklari yerlarida dala madaniyatini shakllantirish borasida muhim topshiriqlar berdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati