Oqdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Qurbonov Sheroz Shavkat o‘g‘li Oqdaryo tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Oqdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Qurbonov 1990-yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2011-2015-yillarda Samarqand Qishloq xo‘jaligi institutining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
Sheroz Qurbonov ushbu tayinlovga qadar, Oqdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida faoliyat olib borgan.