Bolajonlar “Mehrjon” bayramini nishonlashdi
Kuz faslining eng go‘zal bayramlaridan biri bu “Mehrjon” bayramidir. Ushbu ajoyib bayram bugun tumanimizdagi 30-DMTTda ham keng nishonlandi. Tadbirga tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ham taklif qilindi.Bayram tadbirni 30-DMTT direktori L.Shakarova va ota-onalar kengashi raisi R.Sodiqovalar tabrik so‘zi bilan ochib berishdi.Tadbirda: Dehqonbobo va Oltin kuz faslining chiqishlari va jajji bolajonlarning meva va sabzavotlar obrazlariga kirib, aytgan she’r va qo‘shiqlari yig‘ilganlarni mamnun etdi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar va raqslar shu bilan birga sahnada bezalgan kuzgi hosil namunalari tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag'ishladi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbir ko‘tarinki ruhda bolajonlar qalbiga quvonch ulashib, unutilmas onlarni baxsh etdi.