Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova ishtirokida “Oqdaryo tumanida “Yoshlar daftari” va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, asbob-uskunalar bilan ta’minlash orqali o‘z-o‘zini band qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida berilgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati