Kaftdek tomorqa — katta daromad manbai

Kaftdek tomorqa — katta daromad manbai

Tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali yo‘lidir. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligini taʼminlashdagi o‘rni beqiyos.

Bugun Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov tomorqachilikdan unumli foydalanishni o‘rganish maqsadida Zarafshon mahallasi Yangiravot qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ilhom Mashrabov xonadonida bo‘ldi.

I.Mashrabov o‘z tomorqasida 8 sotixli issiqxona tashkil etib, limon yetishtirmoqda. O‘tgan yili anomal sovuq kuzatilganiga qaramay 800 kg hosil olib, mo‘maygina daromad qilishdi. Joriy yilda undanda yuqoriroq hosil kutilmoqda.

-Biz tuprog‘iga cho‘p suqsa, unib-o‘sadigan yurtda yashaymiz. Demak, oziq-ovqat taʼminoti va xavfsizligi masalasida xalqimizning ehtiyojini qondira olish imkoniga egamiz. Agar tomorqangizni har bir qarichidan unumli foydalanib, mehnat qilsangiz, sizdan boy inson bo‘lmaydi – dedi tuman rahbari.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM