
“Gender tenglik faoli” va “Yil ayoli” milliy tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi
Samarqand viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun “Gender tenglik faoli” va “Yil ayoli” milliy tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi. Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda Oqdaryo tuman hokimligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik” yo‘nalishida, 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori o‘rinbosari Shahnoza Raxmonova “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasida munosib ishtirok etdilar.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati