#tayinlov

Oqdaryo tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Mamashev Jaloliddin Xayrullayevich Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Oqdaryo tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 J.Mamashev 1982-yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan.  2001-2005-yillarda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 

Jaloliddin Mamashev ushbu tayinlovga qadar, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘limi mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2023 © Оқдарё туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM