Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha pul beriladi

Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha pul beriladi

Mamlakatimizda pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash va yetkazib berishda fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, to‘lov tizimining zamonaviy usullarini keng joriy etish hamda mazkur sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 2022-yil 7-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat pensiyalari, nafaqalari, kompensatsiyalari va boshqa ijtimoiy to‘lovlarlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-198-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga binoan, AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatildi;
barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi o‘rinlarda — pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechildi;

A.Djuraqulov,
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari  
     
            

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM