Oqdaryoda un ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Oqdaryoda un ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Bugun tumanning Taraqqiyot mahallasi hududida tadbirkor Dilshod Olimov rahbarligidagi “XXI BREAD FACTOR" MCHJ tomonidan tashkil etilgan un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Korxonaning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, mahalla faollari, nuroniylar hamda soha vakillari ishtirok etib, un ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Umumiy loyiha qiymati 13 milliard so‘mni tashkil etgan mazkur korxona bir sutkada 45 tonna un mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, Turkiya davlatidan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan va 30 ga yaqin ish o‘rniga ega. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM