#hashar

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda

Bugun erta tongdan Oqdaryo tumanining barcha mahalla, korxona va tashkilotlarida hamda aholi turar joylarida "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. 
Ushbu keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirida aholi hamda tumandagi barcha tashkilot ishchi xodimlari faol ishtirok etishmoqda. Ular o‘zlari faoliyat olib borayotgan tashkilot hududini tozalab, obod qilishmoqda. Shuningdek, ko‘chalar, mahalla go‘zari, aholi xonadonlari, tomorqalari, qabristonlar keng jamoatchilik ishtirokida obodonlashtirilmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM