matbuot anjumani

Oqdaryo tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i o‘rinbosari Kamol Po‘latov hamda markazning mas’ul xodimlari ishtirokida 2023-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Xususan, 2022 yilda dastur bo‘yicha 1552 nafar ishsiz fuqarolar tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga bandlik xizmatidan foydalanish yuzasidan murojaatlar qilishi rejalashtirilib, 30-dekabr xolatiga 12 oylik reja 1353 nafarni tashkil qiladi. Amalda joriy yilning 30-dekabr xolatiga 1353 nafar ishsiz fuqarolar murojaat qilib bandlik xizmatidan foydalangan, prognoz dastur ko‘rsatkichi 30-dekabr xolatiga bo‘lgan rejaga nisbatan 100 foizga bajarildi. Shundan 850 nafari xotin-qizlar 562 nafari yoshlarni tashkil qiladi.

Markazning “Fuqarolarni ishsiz deb e’tirof etish” komissiyasi tomonidan yanvar-iyun oylarida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasiga asosan ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarning 25 nafariga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 10, 34, 44, 46, 51, 52, 53-moddalariga asosan ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

“Aholini kasb-hunarga o‘qitish qayta tayorlash malakasini oshirish” hududiy dasturini bajarilishi.

Kasb-hunarga ishsiz fuqarolarni o‘qitish yunalishi bo‘yicha 2022-yilgi dastur rejasi 334 nafar bo‘lib, 30-dekabr holatiga 12 oylik reja 314 nafarni tashkil qiladi. Amalda 435 nafar ish qidiruvchi fuqarolar murojaat qilib bandlik xizmatidan foydalangan, prognoz dastur ko‘rsatgichi rejaga nisbatan (130 %) ga ortig‘i bilan bajarildi. Shundan 221 nafari 18-30 yoshgacha bo‘lganlar, 375 nafari xotin-qizlar bo‘lib, ushbu fuqarolar tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Aholini bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 44, 62, 69, 71, 73-moddalariga asosan kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga, shundan:

173 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qaroriga muvofiq samarqand shahridagi “ishga marhamat” monomarkaziga oshpazlik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, zamonaviy pardalar tikuvchiligi, santexnika ishi va boshqa qurilish yo‘nalishlariga yuborilgan, 186 nafari oqdaryo tumani hamda kattaqo‘rgʻon shahridagi mavjud mahallalarda kasb-hunarga o‘qitish maskanida tikuvchilik yo‘nalishida o‘qitilmoqda.

26 nafari Samarqand shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga ya’ni KOIKA da kompyuter, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, elektriklik, payvandlash, santexniklik, yo‘nalishlarida o‘qitilmoqda.

27 nafari Oqdaryo tumanidagi  Sabr o‘quv markazida tikuvchilik, oshpazlik, ayollar sartaroshligi yunalishlarida o‘qitilmoqda.

23 nafari Samarqand shahridagi qurilish kollejiga kasb-hunarga o‘qitishga santexnika, payvandlash, konstruktorlik, gepsakarton, yo‘nalishida o‘qitilmoqda.

2022-yilni 30-dekabr holatiga murojaat qilgan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 960 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan, shundan xotin-qizlar 598 nafar, yoshlar 240 nafarni tashkil qiladi. Dastur bo‘yicha yillik reja 502 ta bo‘lib, hozirgacha 960 taga bajarilgan (200,0%).

Tuman hududida joylashgan, ishlayotgan ishchi va xodimlarining o‘rtacha soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan korxona, tashkilot, xo‘jalik va muassasalarda 2022-yil  ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari miqdorini belgilash maqsadida 247 ta kvota o‘rinlari ajratilgan bo‘lib, 30-dekabr xolatiga 12 oylik reja 202 nafarni tashkil qiladi. 2022 yilni 4-choragini 30-dekabr  holatiga 202 nafar ishga joylashishga muhtoj fuqarolar kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan, kvota ish o‘rinlaridan foydalanish 126,8 % ni tashkil etadi. Ishga joylashtirilganlardan, 131 nafari xotin-qizlarni, 93 nafari yoshlarni tashkil etgan.

Ishsiz tomorqa yer egasi, bandlik markazi va «Tomorqa xizmati» MCHJ o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida 95 nafariga kartoshka urug‘i xaridi uchun va 7 nafariga yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun, jami 102 nafar ishsiz fuqarolarga shaxsiy tomorqa xo‘jaligi uchun 133 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib bandligi ta’minlangan, shundan ayollar 62 nafar, yoshlar 28 nafarni tashkil etadi.

Tumanda 2022 yilda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 15 marotaba «Bo‘sh ish o‘rinlari» yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, 267 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib, bandligi ta’minlandi, shundan 110 nafari yoshlarni, 137 nafari xotin-qizlarni tashkil qildi.

Tadbirlarda hamkor tashkilotlar tomonidan tegishliligi yuzasidan 791 nafar, shundan 278 nafar yoshlarga, 278 nafar xotin-qizlarga mehnat munosabatlariga oid, tadbirkorlikka jalb qilish va imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan huquqiy maslahatlar berilgan.

7 nafar ishsiz fuqarolar “ustoz-shogird” an’anasiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan Yakka tartibdagi tadbirkor hunarmandlarga kulolchilik, zarduslik, yo‘nalishlariga yuborilgan

Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM