Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Bugun “Goʻzalkent” mahallasi 33-maktab binosida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari S.Luqmonov hamda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida yoshlar murojaatlari tinglandi.
Qabulda yoshlarni internet, imtiyozli kredit olish, “Yoshlar daftari”ga kiritish va boshqa masalalar bo‘yicha 15 ga yaqin murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM