Yangi yil yarmarkasidagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
Yangi yil yarmarkasidagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, tuman sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar hamrohligida Yangi yil bayrami munosabati bilan Oqdaryo dexqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati, bozordagi mahsulot narxlari, sharoitlar hamda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlar jarayonida tuman hokimi sotuvchilar va tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari borasida muhim tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, rastalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining uzluksizligini ta’minlash, narx-navoni asossiz oshirmaslik, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etilishi bo‘yicha doimiy nazorat olib borish yuzasidan tuman mas’ullariga topshiriqlar berildi.