Xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Bugun Oqdaryo tumani hokimining Investitsiyalar, savdo va sanoat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasi Shansi provinsiyasi Sian shahridan tashrif buyurgan JI YANWEI xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida xalqaro logistika markazi hamda savdo-sotiq markazi tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Pichoqchi mahallasida M-37 yo‘li yoqasida joylashgan " T-Nuts" MCHJ bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishga kelishib olindi.