insurez
27-08-2025 19:53

VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!


#Hokim_tabrigi
🕊

VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!

Assalomu alaykum aziz oqdaryoliklar!
Bayram tantanamizning qadrli ishtirokchilari! 
Bugun ona Vatanimiz bayramlar og‘ushida. Butun O‘zbekiston xalqi shod-u xurram, diyorimizdagi kattayu kichikning orzu-umidlari, quvonchu shodliklari bir olam. Mana shu onlarda ushbu bayramona bezangan go‘zal maydonga tashrif buyurgan Siz hurmatli tumandoshlarimizni, barcha Oqdaryo tuman ahlini Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami bilan qizg‘in va samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ damlarda Siz azizlarga mustahkam sog‘lik-omonlik, diyorimiz, tumanimizdagi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilab qolaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sherzod Qudratov,
Oqdaryo tumani hokimi.

Teglar
- -