Tuman hokimi rahbarligida soliq va kommunal to‘lovlar undiruvi masalalari muhokama qilinmoqda
Tuman hokimi rahbarligida soliq va kommunal to‘lovlar undiruvi masalalari muhokama qilinmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Ilyosov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Ashurovlar ishtirokida Zoom platformasi orqali hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda soliq xodimlari bilan dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazmoqda. Unda aholidan ichimlik suvi va soliq qarzdorligi uchun to‘lovlarning undirilishi shuningdek, aholiga ko‘mir tarqatilish, hududlardagi muammoli masalalarni aniqlash va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish kabi masalalar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar belgilab berilmoqda.