insurez
21-08-2025 15:42

Samarqand viloyatidagi fermerlarga 30 dona “Boshiran” rusumli paxta terish mashinalari topshirildi


Samarqand viloyatidagi fermerlarga 30 dona “Boshiran” rusumli paxta terish mashinalari topshirildi

Bugun Oqdaryo tumanida Samarqand viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Jabborov rahbarligida Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi paxta terish mashinasining ko‘rgazmali seminari tashkil etildi. 
Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar, tijorat banklari vakillari hamda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyati filiali mutasaddilari ishtirok etgan seminar davomida yangi turdagi paxta terish texnikasining texnik imkoniyatlari, unumdorligi va zamonaviy afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Tadbir so‘nggida “O‘zagrolizing” AJ Samarqand viloyat filiali tomonidan olib kelingan “BOSHIRAN-7419” rusumli 30 dona zamonaviy paxta terish mashinalari viloyatning 7 ta tumaniga topshirildi.

 

Teglar
- -