insurez
16-04-2025 11:28

Payshanba bozori ro‘parasi obod hududga aylantiriladi


Payshanba bozori ro‘parasi obod hududga aylantiriladi

Oqdaryo dehqon bozori MCHJ Yangiqo‘rg‘on filiali (Payshanba bozori) ro‘parasidagi yo‘l yoqasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan turli maishiy chiqindilar tashlanishi davom etayotganligi yechimini kutayotgan masala bo‘lib kelmoqda. Shu munosabat bilan Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov bugun bozor atrofidagi mahallalar mas’ullari hamda bozor ma’muriyati mutasaddilari bilan uchrashib, hududni obodonlashtirish va yo‘l yoqasida auksion savdolari orqali yengil konstruksiyali tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish masalalari yuzasidan muhokama olib bordi va bu borada mas’ullarga muhim tavsiyalar berdi.
 

Teglar
- -