insurez
30-08-2025 12:40

Oqdaryolik shifokorlar taqdirlandi


Oqdaryolik shifokorlar taqdirlandi

Bugun Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev, tuman hokimligi mas’ullari va tibbiyot xodimlari ishtirokida bayramona tadbir, uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimizning tegishli farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi arafasida «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlangan Oqdaryo tumanidagi «Uzun» oilaviy shifokorlik punkti mudiri Guljahon Safarovaga, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan tuman Tibbiyot birlashmasi Travmatologiya bo‘limi travmatologi Temur Ochilovga mukofotlar sovg‘a-salomlar bilan topshirildi. Bundan tashqari, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh shifokorlarga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. 
 

Teglar
- -