insurez
29-08-2025 13:34

Oqdaryoda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi


Oqdaryoda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etish maqsadida Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abdunabi Nosirovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda mahalliy aholi uchun zarur bo‘lgan turli infratuzilma masalalari yuzasidan o‘z taklif va murojaatlarini bildirdilar.

Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha o‘rganilib, ayrim muammolar joyida hal qilindi. Muayyan vaqt talab etuvchi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida yo‘llarning ravonligini ta’minlashda xizmat qilayotgan bir guruh mas’ullarga badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.
 

Teglar
- -