insurez
22-08-2025 15:57

OQDARYODA TUMANIDA IV USTOZLAR MILLIY FORUMI O‘TKAZILDI


OQDARYODA TUMANIDA IV USTOZLAR MILLIY FORUMI O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sihatgohida “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi”  bosh g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan “IV Ustozlar milliy forumi”ning  tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri E.Jamilov, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
Forumda tuman hokimi so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi, mavjud kamchiliklar tahlil qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Forumda o‘quv yili davomida samarali mehnat qilib, soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ta’lim tizimi xodimlari hokimlik tomonidan  tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida ustozlar uchun bayramona dasturxon tuzalib, elimiz suygan san’atkor O‘lmas Olloberganov tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

 

Teglar
- -