insurez
16-04-2025 11:11

Oqdaryo tumanida manzarali daraxtlarda zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari amalga oshirildi.


Oqdaryo tumanida manzarali daraxtlarda  zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari amalga oshirildi.

Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi fumigatsiya bo'limi hamda Oqdaryo tuman bo'limi xodimlari tomonidan Loyish shaharchasi hududidagi manzarali daraxtlarda uchraydigan kasallik va zararkunandalarga qarshi zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari olib borildi. Xususan? "Oqdaryo tuman hokimligi", tuman qishloq xo'jalik bo'limi", "Loyish jome masjidi", "Obodonlashtirish boshqarmasi" va boshqa tashkilotlar hamda Loyish shaharchasiga kirish yo'lidagi manzarali daraxtlar zararlanishining oldi olindi. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyuldagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘RQ-484-sonli Qonunining 19-moddasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan manzarali daraxtlarda 1 yilda kamida bir marta fumigatsiya ishlarini amalga oshirish majburiy ekanligi belgilab o'tilgan.
 

Teglar
- -