insurez
05-12-2024 17:08

Oqdaryo tumani yoshlari “Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” uchun bellashishdi


Oqdaryo tumani yoshlari “Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” uchun bellashishdi

Bugun Oqdaryo tumanida "Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi" uchun “Yurt posbonlari” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada tumanning 1-sektor hududidagi 13 ta umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishdi. 
Ishtirokchilar musobaqa nizomiga ko‘ra 5 ta shart - mohir mergan, harbiylashgan estafeta, jadidlar bilimdoni, badiiy sahna ko‘rinishi, tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi. 
Bellashuv natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni “Pichoqchi” MFY dagi 30-maktab jamoasi egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. 2-o‘rin “Bobur” MFY dagi 28-maktabga, 3-o‘rin esa “Mustaqillik” MFYdagi 47-maktab o‘quvchilariga nasib etdi. 
 Gʻolib va sovrindorlar tuman hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Teglar
- -