Oqdaryo tumani vakillari Xitoyda hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda
Oqdaryo tumani vakillari Xitoyda hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda
🇺🇿🇨🇳Bugun Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov Xitoy Xalq Respublikasining Shenshi provinsiyasi Sian shahri Savdo-sanoat palatasida bir qator korxona rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tumanimiz imkoniyatlari, soliq va bojxona imtiyozlari, amalga oshirish imkoni bo‘lgan loyihalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ko‘plab korxona rahbarlari tumanimizga tashrif buyurib, mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish istagini bildirishdi.