Oila muqaddas dargoh!
Oila muqaddas dargoh!
Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi, baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Oilalar mustahkamligini saqlash maqsadida bugun Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova va FHDY mudirasi M.Saydullayeva hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruqni oldini olish, oilaviy nizoni oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash, yarashtirish choralarini ko‘rish, qarindoshlar o‘rtasida nikohning salbiy oqibatlari, xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.