NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLCHINTEPA MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLCHINTEPA MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Bugun 2-sektor hududidagi Olchintepa mahallasida o‘tkazilgan Oqdaryo tuman hokimining sayyor qabulida Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayev, tuman hokimi o‘rinbosari Yulduz O‘roqova va tegishli mas’ullar ishtirokida fuqarolar murojaatlarini qabul qilindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy yordam, tabiiy gaz ballon va elektr ta’minoti kabi masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng bir qator fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan joyiga borib o‘rganildi.