Muqobil energiya manbalari hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish borasida seminar tashkil etildi
Muqobil energiya manbalari hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish borasida seminar tashkil etildi
Bugun Oqdaryo tumani “Shirinbonu sabzavotlari” fermer xo‘jaligida suv tejovchi hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Suv xo‘jaligi vazirligidan D.Xidirboyev, Samarqand viloyati fermerlar kengashi raisi A.Rabbimov hamda Oqdaryo, Urgut, Toyloq, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Bulung‘ur, Pastdarg‘om tumanlari qishloq va suv xo‘jaligi mas’ullari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ul mutaxassislar tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini joriy qilish yuzasidan ko‘rgazmalar misolida muhim ma’lumotlar va takliflar berildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar uchun dasturxon tuzaldi.