insurez
27-08-2025 16:19

Milliy taomlar va non sayli o‘tkazildi


Milliy taomlar va non sayli o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman Istirohat bog‘ida mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahallalardagi xotin-qizlar, oqila ayollar va otinoyilar hamkorligida “Milliy taomlar va non sayli” tashkil etildi. Tadbirda milliy taomlar va turfa xil non mahsulotlari namoyish etildi. Bayramona tadbirda tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova ishtirok etib, xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan non mahsulotlari namunalari bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir davomida bir guruh faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -