insurez
02-09-2025 09:09

MAKTABLARDA BIRINCHI QO‘NGʻIROQ CHALINDI


MAKTABLARDA BIRINCHI QO‘NGʻIROQ CHALINDI

✍️Ikkinchi sentabr – Bilimlar kuni o‘quvchilarni o‘z bag‘riga chorladi. Boshlangan yangi o‘quv yilida Oqdaryo tumani maktablarining 1-sinflariga 3580 nafar o‘quvchi qabul qilindi.
Katta quvonchlar bilan kutib olingan bu kunda barcha maktablarda tadbirlar o‘tkazildi. 
Tuman hokimi Sherzod Qudratov 45-maktabida «VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!»  shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, barchani yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Tadbir davomida maktabga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi. 

✅ Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -