Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining mehnati e’tirof etildi
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining mehnati e’tirof etildi
Bugun Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan uchrashib, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan vazifalar xususida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan mahalla fuqarolar yig‘ini tizimi hamda jamoat ishlaridagi faol va samarali mehnatlari uchun bir guruh raislarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati