insurez
17-03-2025 11:06

Istirohat bog‘ida ertangi bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rilmoqda


                     Istirohat bog‘ida ertangi bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri bo‘lgan “Navro‘z”  bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. 
Tumanimizda mazkur bayram tantanalari ertaga, 18-mart kuni tuman istirohat bog‘ida nishonlanadi. Ayni paytda bog‘ hududida ertangi bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli tashkilot mas’ullar ishtirokida istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirib, texnika xavfsizlik choralarini kuchaytirish, bog‘dagi obekt va inshootlarni bayramona bezash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.

Teglar
- -