insurez
29-08-2025 15:36

ILK RIVOLANISH MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


ILK RIVOLANISH MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun Oqdaryo tumanida yangi tashkil etilgan "Ilk rivojlanish markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Markazning ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Qudratov hamda tegishli ma'sullar ishtirok etdilar. 
Mazkur markaz Oqdaryo tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlari va inklyuziv ta’limga ehtiyojmand oilalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan farzandlari, shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan individual ishlash, ularning shaxsiyatini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olishlari hamda qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Markazni Mustaqillik bayrami kunlarida foydalanishiga topshirilishi tumanimiz ahliga, ayniqsa, o‘quvchi-bolajonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Teglar
- -