Ijtimoiy soha obyektlarini qurilishi ishlari muhokama qilindi
Ijtimoiy soha obyektlarini qurilishi ishlari muhokama qilindi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida tegishli tashkilot rahbarlari hamda quruvchi tashkilot rahbarlari bilan ayni kunlarda olib borilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini qo‘shimcha binolarini qurilish ishlari holati yuzasidan muhokama olib borildi.
Muhokama davomida qurilayotgan har bitta obyektning qurilish jarayoni holati alohida ko‘rib chiqilib, quruvchilarga qurilish ishlarini sifatli bajarish, ishchilar sonini ko‘paytirish va belgilangan muddatda qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlab, binoni foydalanishga topshirish borasida muhim topshiriqlar berildi. Tegishli tashkilot rahbarlariga esa qurilish ishlarini o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy nazorat qilib borish vazifasi berildi.