insurez
23-08-2025 13:01

#Hashar “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”


#Hashar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”

⚡️Bugun yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu xayrli tashabbusda "Oqdaryo tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari ham faol qatnashmoqda.

🌿 Erta tongdan boshlangan hashar davomida korxona hovlisi va atrof hududlari obodonlashtirilib, supurib-sidirish, chang-to‘zondan tozalash hamda gul ko‘chatlari ekish, daraxtlarni oqlash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

🏡 Shuningdek, filial tarkibidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida ham xuddi shunday obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Teglar
- -