insurez
22-08-2025 12:55

Hashar – elga yarashar


Hashar – elga yarashar

Yurtimizda "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" shiori ostida  umumxalq xayriya hashari tashkil etish belgilanganligi munosabati bilan Temirak mahallasida joylashgan 19-umumta'lim maktabida bugun erta tongdan maktab hududidagi gulzorlar va yo'laklarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hasharda maktab xodimlari, o'qituvchilari  "VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!" shiori ostida maktabning gullab, yashnashiga o'zlarining hissalarini qo'shishmoqda
Hasharchilar uchun doshqozonda osh damlanib, mehnatkash va zahmatkash maktab va mahalla ahliga "Hashar oshi" tortilmoqda.

Teglar
- -