insurez
28-11-2025 16:39

HAMJAMIYATNING KUCHI: O‘ZBEKISTONDA GENDER ISLOHOTLARINING YANGI UFQLARI" FORUMI


HAMJAMIYATNING KUCHI: O‘ZBEKISTONDA GENDER ISLOHOTLARINING YANGI UFQLARI" FORUMI

 

Bugun Toshkent shahrida DVVning O‘zbekistondagi filiali hamda “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi hamkorligida “Hamjamiyatning kuchi: O‘zbekistonda gender islohotlarining yangi ufqlari” forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  Samarqand, Buxoro, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi loyihalarda ishtirok etuvchi  maqsadli hududlardagi mahalla vakillari, NNT xodimlari qatnashdi.

Quvonarlisi, mazkur Forumda tumanimizdan ishtirok etgan a’zolar - Qishloq-Axborot resurs markazi rahbari Norbuvi Nurmatova, Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova, “Mustaqillik” mahallasi raisi Abdumajid Malikov, "Oqdaryo ovozi" gazetasi muxbiri Sunnatullo Ibragimov va boshqalar ishtirok etishdi.

Forum doirasida “Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali hududlarda gender islohotlariga ko‘maklashish”(Yevropa ittifoqi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomoni birgalikda moliyalashtirilgan)  loyihasi natijalari ham muhokama etildi. Xususan, to‘rtala viloyatda amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati qayd etildi.

Forum jamiyatda gender masalalariga zamonaviy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, ikki yo‘nalish alohida ta’kidlandi:

Gender islohotlariga qaratilgan yondashuv – amaldagi me’yor va qoidalarni takomillashtirish, xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlash va erkaklarni tenglik jarayoniga faol hamkor sifatida jalb etish.

Taraqqiyot uchun asosiy omili

Forum mobaynida gender tengligi barqaror taraqqiyot, ijtimoiy adolat va inson huquqlarini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Umuman aytganda, Forumning maqsadi ham, O‘zbekistonda gender islohotlariga yo‘naltirilgan hamjamiyatlar modelini mahalliy va milliy darajada kengaytirish bo‘yicha tajriba almashish, erishilgan yutuqlarni tahlil qilish va mumkin bo‘lgan keyingi qadamlarni muhakama qilish uchun ochiq platforma yaratishdan iboratdir.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida faol muloqot, fikr almashinuv va amaliy takliflar muhokamasi tashkil etildi. Forum barcha ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi.

Teglar
- -