insurez
20-08-2025 17:40

GʻULVALIKLARNING QUVONCHI CHEKSIZ...


#Tashabbusli_byudjet_amalda

GʻULVALIKLARNING QUVONCHI CHEKSIZ... 

Oqdaryo tumanidagi Miyonqol mahallasiga qarashli Gʻulva qishlog‘ining aholisi bu yil Mustaqillik bayramini qo‘shaloq tarzda nishonlaydigan bo‘ldi. Istiqlolimizning 34 yillik bayrami arafasida 3 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘l asfaltbeton bilan qoplandi. Qishloq ahlining o‘zaro birdamligi evaziga "Tashabbusli byudjet" loyihasida  g‘olib bo‘lishgandi va endilikda mazkur loyihaning ijrosi tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirildi. Ayniqsa bayram oldi ichki yo‘lning ta’mirlanishi Gʻulvaliklar uchun Davlatimiz mustaqilligining 34 yilliga munosib tuhfa bo‘lganligini alohida ta’kidlash lozim. 
Shuningdek, ayni shu kunlarda tumanning boshqa mahallalaridagi ichki yo‘llarida ham ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etayotir.

Teglar
- -