insurez
02-09-2025 08:42

Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi


Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali Tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 2-mavsumining g'olib loyihalari e'lon qilindi. Jumladan, Oqdaryo tuman bo'yicha 17 072,0 mln.so'mlik 12 ta loyihalar g'olib deb topildi. Bular 3 ta umumta'lim maktabi, 1 ta Sport maktabi, 3 ta sog‘liqni saqlash va 5 ta ichki yo'llarni ta'mirlash bilan bog'liq tadbirlardir.

📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

🏆 🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda (https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/52) tanishishingiz mumkin.

“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -