Dolzarb masalalar yuzasidan muhim topshiriqlar berildi
Dolzarb masalalar yuzasidan muhim topshiriqlar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Tuman tashkilot rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda Soliq tushumlari, hududlarni obodonlashtirish, IT sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, g‘alla o‘rimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni ta’mirlash va mavsumga tayyorlash, kartoshka yetishtirish, yoshlarga va fuqarolarga ajratilgan yerlar hamda bog‘ qator oralariga ekin ekilishi hamda yerdan maqsadli va samarali foydalanish holati bo‘yicha monitoring olib borish, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, o‘rganish olib borish, ko‘p qavatli uylar qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.