Dolzarb masalalar muhokama markazida
Dolzarb masalalar muhokama markazida
Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov qurilish kompleksi hamda tegishli soha rahbarlari bilan uchrashib, dolzarb masalalar yuzasidan muhokama olib bormoqda. Xususan, hududlarda amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash, bartaraf etish hamda noqonuniy qurilmalarni buzdirish bo‘yicha sud qarorlari ijrosini ta’minlash, foydalanishga topshirmasdan faoliyat yuritayotgan binolarni elektr, gaz, suv va oqova ta’minotidan to‘liq uzilishini ta’minlash, ob’yektlarda qurilish ishlarini jadallashtirib, ularni foydalanishga topshirish reja-grafiklarini ishlab chiqish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilinib, muhim topshiriqlar berilmoqda.