Davlat kadastrlari palatasining Oqdaryo tumani filialiga yangi rahbar tayinlandi
#Tayinlov
Davlat kadastrlari palatasining Oqdaryo tumani filialiga yangi rahbar tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Urazmatov Dustmurod Maxmudovich Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumani filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D.Urazmatov 1989-yil Jomboy tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2014-yilda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutining Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi mutaxassisligini tamomlagan. Bunga qadar, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi Jomboy tumani filiali boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Dustmurod Urazmatovga yangi mas’uliyatli vazifada mustahkam salomatlik, kuch-g‘ayrat, shijoat va ulkan zafarlar tilaymiz.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati