#Tadbir Navbatdagi loyihalar yarmarkasi o‘tkazildi
#Tadbir
Navbatdagi loyihalar yarmarkasi o‘tkazildi
14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Oqdaryo tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov, tegishli mas’ullar hamda tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida istiqbolli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, sifatli va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish borasida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Shuningdek, tumanimizdagi tijorat banklari tomonidan loyihalar yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada yangi loyihalar asosida tashkil etilgan korxonalar o‘z mahsulotlari namunalari va bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.