insurez
28-05-2025 10:21

27 NAFAR OQDARYOLIK ZIYORATCHILAR HAJ SAFARIGA JO‘NAB KETISHDI


27 NAFAR OQDARYOLIK ZIYORATCHILAR HAJ SAFARIGA JO‘NAB KETISHDI

Bugun, 28-may kuni Oqdaryo tumanidan 27 nafar ziyoratchilar muborak Haj ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga muqaddas safarga yo‘l olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tumandagi bosh mutaxassisi Anvar Nasimov va tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, Haj safariga otlangan fuqarolarimizni tantanali kuzatishdi.

Muborak safar oldidan ziyoratchilarimiz ibodatlari Yaratgan dargohida qabul bo‘lishi va yurtimiz tinchlik-osoyishtaligini, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar.
 

Teglar
- -