insurez
19-03-2025 14:58

Obodonlashtirish boshqarmasida tadbir


Obodonlashtirish boshqarmasida tadbir

Bahor faslida boshqa sohalar qatori Obodonlashtirish xodimlariga ham yumushlar ko‘payadi. Chunki, hududlarimizni, ko‘chalarimizni toza ozodaligi, yo‘l yoqalarini tozalash, ko‘chat va gullar ekish, daraxtlarga shakl berish kabi ishlarda ularning xizmatlari katta.
Bugun erta tongda Oqdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida tuman hokimi Sherzod Qudratov, nuroniylar, tegishli mas’ullar hamda obodonlashtirish xodimlari jam bo‘lishdi. Yig‘ilganlar ishtirokida qur’on tilovat qilinib, Allohdan yurtimizga tinchlik-omonlik va tumanimiz bundanda gullab-yashnashini, obod bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.

Teglar
- -