insurez

2024-yilda Oqdaryo tumanida Bandlik dasturi, Kambag‘allikni qisqartirish, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yilda belgilangan rejalar to‘g‘risida MA’LUMOT

2024-yilda Oqdaryo tumanida Bandlik dasturi, Kambag‘allikni qisqartirish, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yilda belgilangan rejalar to‘g‘risida MA’LUMOT

 

2024-yilda Oqdaryo tumanida yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 19861 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib,

Yo‘nalishlar kesimida:

  1. Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish sohasida 7469 ta;
  2. Investitsiya loyihalari sohasida 1001 ta;
  3. Qurilish sohasida 892  ta;

4.        Qishloq xo‘jaligi sohasida 10499 ta.

2024 yilning yanvar-dekabr oylari davomida yangi ish o‘rinlari yaratishlishi rejasi 140,6 foizga (reja – 19 861 ta, amalda – 27 923 ta) bajarilgan.

- xizmat ko‘rsatish sohasida yangi sub’ektlar hisobiga tashkil etiladigan ish o‘rinlari 153,6 foizga (reja – 7469 ta amalda – 11 473 ta),

- investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga reja 161,7 foizga  (reja – 1001 ta amalda – 1619 ta)  bajarilmasdan qoldi.

- qishloq xo‘jaligi sohasida reja 131,3 foizga (reja – 10 499 ta amalda – 13 785 ta)  bajarilgan.

- qurilish sohasida reja 117,3 foizga (reja – 892 ta amalda – 1046 ta)  bajarilgan.

Tumanni kambag‘allikdan holi hududga aylantirish maqsadida “Kambag‘allikdan - farovonlik sari” shiori ostida Oqdaryo tuman hokimligida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan - farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan Shtab bilan birgalikda 88 ta tuman tashkilotlari ro‘yxati shakllantirilib, mas’ullarga, tumandagi 440 ta kambag‘al oilalar biriktirilgan.

Tasdiqlangan ro‘yxat asosida biriktirilgan tashkilotlar va kambag‘al oilalar “Onlayn mahalla” hamda onlayn so‘rovnomalar IHMA.uz platformasiga kiritilib individual rejalar qilindi.

“Sayxunobod tajribasi”ga asosan tumanda 1292 ta mikroloyihalar ishga tushirildi. Ushbu mikro loyihalarni ishga tushirish natijasida 1790 ta ish o‘rinlari yaratildi.

“Zarbdor tajribasi”ga asosan tumanda 9 ta drayver loyihalarni ishga tushirish natijasida 650 ta ish o‘rinlari yaratildi.

“G‘ijduvon tajribasi”ga asosan tumanda 3 ta sanoat loyihalarni ishga tushirish natijasida 179 ta ish o‘rinlari yaratildi.

 

2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar.

 

Joriy 2025-yilda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan kambag‘al oilalar sonini 2200  tagacha yoki 5,5 foizga pasaytirish, ishsizlar sonini 3491 nafarga qisqartirib ishsizlik darajasini 5,0 foizgacha tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari sonini 2 693 taga yetkazilib, bunda, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1 592 nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan. O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sonini 5 992 nafarga yetkazilib, bandlik dasturi doirasida 18 724 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

“Sayxunobod tajribasi” asosida 1 400 ta mikroloyihalarni, shuningdek, banklar o‘zlari biriktirilgan har bir mahallada namuna qilib ko‘rsatish uchun kamida 10 ta kam daromadli xonadonlar daromadini 60-70 mlnso‘mdan oshirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi.

“Uychi tajribasi” asosida banklarning 540  ta faol mijozlari bilan 108  ta uchrashuvlar tashkil etib, uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda hamkorlikda ishlash orqali 5 261  nafar aholini doimiy ishga joylashtirish rejalashtirildi.

“Zarbdor tajribasi” asosida 7,1 mlrd. so‘mlik 6 ta “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali, 160 ta yangi ish o‘rinlari, 3,3 mlrd.so‘mlik budjetga qo‘shimcha tushum, 44,1 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha xajm yaratish rejalashtirildi.

“G‘ijduvon tajribasi” asosida 7  ta saonat loyihalarni ishga tushirish orqali 70  nafar aholini yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirildi.

“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida aholiga ijaraga ajratilgan yer maydonlarida “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida aholiga ijaraga ajratilgan yer maydonlarida tijorat banklari va bandlik bo‘limlari birgalikda jami 40 gektar yer maydonida loyihalarni amalga oshirilishi orqali aholi bandligini ta’minlash belgilangan.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar