Oytamg‘ali mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Oytamg‘ali mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Bugun Oytamg‘ali mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sherzod Qudratovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, tashkilot rahbarlari, mahalla mas’ullari, yoshlar va faollar ishtirok etishdi.
Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam, qabriston yo‘lini ta’mirlash, uy-joyini ta’mirlashda yordam ajratish singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Разработан в: SAKTRM