29-05-2025 15:35
Xayr bogʻcham - Salom maktab
Xayr bogʻcham - Salom maktab
Yangiqo‘rgʻon mahallasida joylashgan 11-son DMTT da “Xayr bogʻcham - Salom maktab” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi. Pedagog xodimlar, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etgan mazkur tadbirda yangragan kuy va qoʻshiqlar barchaga birdek manzur boʻldi. Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tadbir soʻngida bitiruvchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.