insurez
11-09-2024 16:37

Uchtepaliklar makkajo‘xoridan yuqori daromad qilishmoqda


Uchtepaliklar makkajo‘xoridan yuqori daromad qilishmoqda

Uchtepa mahallasining Zindontepa qishlog‘ida  istiqomat qiluvchi Dilmurod Bekpo‘latov turmush o‘rtog‘i Nargiza Hamidova bilan birgalikda 20 nafardan ortiq qo‘shnilarini jalb qilib, oziq-ovqatga ishlatish uchun yetishtirilgan maxsus makkajo‘xori so‘tasini pishirib, bozorlarga chiqarishmoqda. Ular o‘z mahsulotlarini nafaqat tumanda, balki qo‘shni tuman va shahar bozorlarida ham sotib, mo‘maygina daromad qilishmoqda. Xonadon sohiblarining aytishicha 10 sotix yerdan ikki marta hosil olib, 25 million so‘mlik makkajo‘xori yetirish mumkin ekan. Ushbu qishloqda 30 dan ortiq xonadon o‘z tomorqalarida va g‘alladan bo‘shagan yerlarda makkajo‘xori yetishtirib, yaxshigina daromad qilishmoqda.
 

Teglar
- -