insurez
01-03-2024 09:36

Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazilmoqda


Ayni paytda tumandagi Xalq qabulxonasi binosida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratovning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Qabul avvalida tuman rahbari tashkilot rahbarlariga har bir murojaatni joyiga borgan holda chuqur o‘rganish, ijobiy hal etish choralarini ko‘rish, murojaatni o‘rganish muddatini kechiktirmaslik borasida topshiriqlar berdi. 
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ijrosi tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga biriktirilmoqda. Har bir murojaat ro‘yxatga olinib, ijrosi nazoratga olinmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -