Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov ishtirokida "Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi ta’minlash borasida 4-chorakda amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar” hamda "Mahallalarning o‘sish nuqtalari va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida" mavzularida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida tumanda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, xususan, hokim yordamchilarining bilim-ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hokim o‘rinbosari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.